O‘zbekistonda zilzila, Rossiyaga ilk qovoq eksporti, majburiy nikoh uchun qamoq — 17-sentabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 17-sentabrning eng muhim yangiliklarini bir joyga jamladi
2-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Tashkent

O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila, mamlakatdan Rossiyaga ilk qovoq eksporti, majburiy nikoh uchun qamoq — Kursiv Uzbekistan 17-sentabrning eng muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.

O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi / Foto: alexandersr / www.depositphotos.com

17-sentabr kuni soat 09:14 da Navoiy viloyati, Konimex tumani hududida zilzila qayd etildi.

Batafsil

O‘zbekistondan Rossiyaga 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk qovoq eksporti amalga oshirildi

Rosselxoznadzor xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan 20 tonna yangi qovoq Sankt-Peterburgda karantin va fitosanitariya nazoratidan o‘tkazildi.

Batafsil

Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi

Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi
Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi / Foto: Facebook

2025-yil 16-sentabrdan boshlab Qozog‘istonda nikohga majburlash jinoyat sifatida baholanadi va buning uchun og‘ir jazo belgilangan. Bu haqda Qozog‘iston IIV rasmiy sahifasida xabar berildi.

Batafsil

Green Card lotereyasida ishtirok pullik bo‘ladi

AQSh Davlat departamenti 2025-yil 16-oktabrdan boshlab Diversity Visa (Green Card) lotereyasida qatnashuvchi barcha ishtirokchilardan $1 miqdorida elektron ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinishi haqida e’lon qildi.

Batafsil

OChL-2. «Andijon» jiddiy raqibga qarshi o‘yin bilan turnirdagi yurishini boshlaydi

17-sentabr kuni «Andijon» klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniridagi yurishini boshlaydi. «Burgutlar» dastlabki turni Turkmanistonning «Arkadag‘» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Batafsil

Shveysariya olti oyda O‘zbekistondan 4,3 mlrd dollarlik oltin sotib oldi

Shveysariya so‘nggi olti oyda oltin xaridini keskin oshirdi. Mamlakat O‘zbekistondan $4,3 mlrdlik oltin xarid qildi. Bu haqda BMTning Comtrade platformasiga tayanib, «Ria Novosti» ma’lum qildi.

Batafsil

Ko‘p qavatli uy aholisi uchun tunda pulli avtoturargohlar bepul bo‘ladi

Ko‘p qavatli uylar yonidagi pulli avtoturargohlarda rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi. Bu haqda Poytaxt Parking ma’lum qildi.

Batafsil

18-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

18-sentabr kungi valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 254,27 so‘m (-30,89 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Batafsil

Prezident yirik moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

17-sentabr kuni Namangan shahrida o‘tayotgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» xalqaro forumi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro islom taraqqiyot banki (ITB), Jahon banki (JB) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Batafsil

Shuningdek