Yangiliklar

«Ayaks»dan 11 nafar mutaxassis Namangan futbol maktabida ish boshlaydi

Shavkat Abdurazzoqov Kursiv’ga ma’lum qildi
Foto: Namangan viloyati hokimligi

Niderlandiyaning «Ayaks» akademiyasidan 11 nafar mutaxassis «Namangan» futbol maktabida ish boshlaydi. Bu haqda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Kursiv’ga ma’lum qildi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov / Foto: Kursiv Uzbekistan

«Prezident topshirig‘iga asosan «Ayaks» akademiyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, viloyatdagi uchta futbol akademiyasi va futbol maktablariga 11 ta mutaxassis jalb etish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirmoqdamiz. Ushbu mutxassislar viloyatda milliy jamoani shakllantirishda va futbolchilarimizni xalqaro darajalarda tayyorlashga yordam beradi. Ular yaqin orada O‘zbekistonga keladi», dedi viloyat hokimi.

Kecha, 16-sentabr kuni prezident ishtirokidagi yig‘ilishda «Namangan» futbol maktabi uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur «Ayaks»  akademiyasi boshqaruviga topshirilishi belgilangandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan’da viloyat hokimi Namanganda kambag‘al oilalar soni 2 baravardan ko‘proqqa qisqarishini aytgani yozilgandi.