Gadjetlar

Figure AI keyingi to‘rt yilda 100 mingta gumanoid robot yetkazib beradi

Kompaniya oz fursatda $39 mlrdlik startapga aylandi
Figure AI keyingi to‘rt yilda 100 ming gumanoid robot yetkazib beradi / Foto: Figure AI

AQShning Figure AI startapi gumanoid robotlar ishlab chiqarish uchun $1 mlrddan ortiq investitsiya jalb qildi. Kompaniya qiymati $39 mlrdga yetib, dunyodagi eng qimmat startaplardan biriga aylandi. Bu haqda RobotReport nashri ma’lum qildi.

Figure AI Helix platformasini rivojlantirish va 2025-yilda taqdim etilgan BotQ robotlarini keng miqyosda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kelgusi to‘rt yil ichida 100 ming dona odam qiyofasidagi robot yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Scaling Helix - Dishes

Avgust oyida Figure 02 modeli kiyim yig‘ish, sentabrda esa idish-tovoqlarni mashinaga joylashtirish qobiliyatini namoyish etdi. Bu robotlarning uy-ro‘zg‘or va tijoratda qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Nvidia bilan hamkorlikda yangi grafik protsessorlar asosida o‘quv va simulyatsiya tizimlari yaratilmoqda. Bu Helix modelini kuchaytirib, robotlarning sezgi va boshqaruv imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekinda gumanoid robotlar supermarketi ochilgan edi.