
Qozog‘istonda Kia K5 Tulpar nomli cheklangan seriya savdoga chiqarildi. Bu haqda Kia kompaniyasining mamlakatdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Model Luxe 2.0T bazasida yaratilgan bo‘lib, 2 litrli 240 ot kuchiga ega turbomotor va 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Yangi avtomobil 19 dyuymli g‘ildirak disklari va proeksion LED faralari bilan standart versiyadan farq qiladi. Salon qora yoki qizil rangda charm qoplamada taqdim etilgan, shuningdek, JBL audio tizimi va atrofni to‘liq ko‘rsatadigan kamera mavjud.
Kia K5 Tulpar narxi — 2,9 mln rubl (sal kam $35 ming). Avvalroq xuddi shunday maxsus Tulpar komplektatsiyasidagi Sorento ham Qozog‘istonda savdoga chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia kompaniyasi yangilangan Kia Stonic 2026 ni taqdim etgan edi.