Yangiliklar

O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar toifasi joriy etiladi

Belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar har yili 1-iyulgacha reyestrga kiritiladi
Tadbirkor ayollar
Foto: UzA

Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga mos ravishda takomillashtirish choralari belgilandi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega tadbirkorlarga «Jamoat ahamiyatiga ega tashkilot» (JAET) huquqiy maqomi joriy qilinadi. Bu toifadagi subyektlar faoliyati xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq yuritiladi.

Shuningdek, moliyaviy hisob standartlarini joriy qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Tadbirkorlar JAET ro‘yxatiga ularning faoliyat turi, aktivlari hajmi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri kabi mezonlar asosida kiritiladi.

Shu bilan birga, belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar har yili 1-iyulgacha reyestrga kiritiladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab esa bu reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi hamda Hukumat portali va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zangiotada tadbirkor tashabbusi bilan yangi GES ishga tushirilgani haqida yozgandi.