Sport

OChL-2. «Andijon» safarda «Arkadagʻ» bilan durang oʻynadi

Foto: «Andijon» matbuot xizmati

Osiyo Chempionlar ligasi-2 «B» guruhi 1-turidan oʻrin olgan bahsda «Andijon» safarda Turkmanistonning «Arkadagʻ» klubi mehmoni boʻldi.

Uchrashuvda tomonlar qanchalik harakat qilishmasin gol urishning uddasidan chiqa olishmadi va bahs nursiz durang bilan yakunlandi.

Maʼlumot uchun, «Andijon»ga «B» guruhida «Arkadagʻ»dan tashqari «Al Ahli Doha» va «Al Holidiya» klublari raqiblik qiladi.

OChL-2. «B« guruhi, 1-tur
«Arkadagʻ» – «Andijon» 0:0
Arkadagʻ
— Chariyev, Saparov, Annaguliyev, Basimov, Mamedov, Gurbanov (Hidirov, 60), Ballakov, Atayev (Saparmammedov, 87), Arzuvguli, Durdiyev (Annadurdiyev, 46), Tirshikov (Akmamedov, 87).
Andijon — Tokatayev, Hamidjonov, Novak, Azmiddinov, Azimov, Abdumannonov (Ismonaliyev, 85), Toirov, Saidnurullayev (Jo‘raqo‘ziyev, 83), Temirov, Abdumannopov, Akinade.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qarshining «Nasaf» klubi Elit OChL umumiy bosqichining ilk turida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasiga magʻlub boʻlgani haqida xabar berilgandi.