Gadjetlar

Oppo $200 atrofidagi K13s smartfonini taqdim etdi

$210 dan $225 gacha baholanmoqda
Oppo $200 atrofidagi K13s smartfonini taqdim etdi / Foto: Oppo

Oppo yangi K13s smartfonini taqdim etdi. Qurilma Snapdragon 7 Gen 3 protsessori asosida ishlaydi va Android 15 hamda ColorOS 15 interfeysi bilan ta’minlangan.

Smartfon 6,8 dyuymli OLED ekranga ega bo‘lib, Full HD+ (2800×1280) aniqlik va 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera — 50 MP sensor, qo‘shimcha 2 MP chuqurlik sensori, old kamera esa 32 MP.

Foto: Oppo

Qurilma 7000 mA·soat batareya va 80 Vt tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega. Chang va suvdan himoya darajasi — IP69. Shuningdek, ekran osti barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, USB-C porti bilan jihozlangan.

Oppo K13s’ning 8/256 GB versiyasi $210, 12/256 GB versiyasi esa $225 ga sotuvga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X9 Pro smartfoni haqida yozgan edik.