1,5 tonnaga yaqin O‘zbekiston shaftolisi zararlanganligi sabab Rossiyaga kiritilmadi

eʼlon qilindi
Mahsulot do‘kon rastalariga chiqmasdan to‘xtatildi
Foto: depositphotos.com

Rosselxoznadzor O‘zbekistondan olib kelingan 1,4 tonna shaftolida sharq mevaxo‘ri hasharotini aniqladi. Bu haqda oren1 nashri ma’lum qildi.

Yuk Orenburg viloyatidagi vaqtinchalik saqlash omborida tekshirildi. Laboratoriya xulosasi zararlanishni tasdiqladi. Partiya hududga kiritilmadi. Importchi kompaniya ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Mazkur hasharot YOII hududida uchraydi va qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Nazorat xizmati bu yil shunday holatni 146 marta qayd etgan. Mahsulot do‘kon rastalariga chiqmasdan to‘xtatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaga 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk qovoq eksporti amalga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek