Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi

eʼlon qilindi
Agar nikohga majburlash og‘ir oqibatlarga olib kelsa
Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi / Foto: Facebook

2025-yil 16-sentabrdan boshlab Qozog‘istonda nikohga majburlash jinoyat sifatida baholanadi va buning uchun og‘ir jazo belgilangan. Bu haqda Qozog‘iston IIV rasmiy sahifasida xabar berildi.

Yangi qonunga ko‘ra, ilgari mavjud bo‘lgan ayrim yengilliklar bekor qilindi. Masalan, odam o‘g‘irlab, keyin uni o‘z xohishi bilan qo‘yib yuborgan shaxs ilgari javobgarlikdan ozod etilishi mumkin edi. Endilikda esa bunday imkoniyat yo‘q: jabrlanuvchini ozod qilgan taqdirda ham aybdor qonun oldida javob beradi.

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga yangi 125-1-modda — «Nikohga majburlash» kiritildi. Ushbu jinoyat uchun jarima, majburiy mehnat, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish jazolari qo‘llanadi. Vaziyatga qarab, ikki ming baravar eng kam hisoblash ko‘rsatkichigacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Agar nikohga majburlash og‘ir oqibatlarga olib kelsa, jinoyatchiga besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi. Zo‘ravonlik ishlatilgan hollarda, voyaga yetmaganlarga nisbatan, xizmat mavqeyidan foydalangan holda yoki bir guruh shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, yanada og‘irroq jazolar belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik talabi bekor qilinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek