Gadjetlar

Redmi va Oppo yangi Turbo smartfonlarni tayyorlamoqda

Redmi
Redmi va Oppo yangi Turbo smartfonlarni tayyorlamoqda / Foto: Redmi

Redmi va Oppo yangi avlod Turbo smartfonlar ustida ishlamoqda. Bu haqda ITHome texnologiyalar xabar bermoqda.

Ularning nomi mos ravishda Redmi Turbo 5 va Oppo K14 Turbo bo‘lishi kutilmoqda. Yangi qurilmalar 1,5K ekran, metall yon ramkalar va juda katta akkumulyator bilan ta’minlanadi. Narxi qariyb 2000 yuan, ya’ni $280 atrofida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Manbaga ko‘ra, modellardan biri 9000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan chiqishi mumkin.

Smartfonlarning taqdimot sanasi hozircha oshkor qilinmagan, biroq ular 2026-yilda bozorga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi 15R 5G smartfoni haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qilgani haqida yozgan edi.