Shveysariya olti oyda O‘zbekistondan 4,3 mlrd dollarlik oltin sotib oldi

eʼlon qilindi
Beshinchi o‘rindan joy oldi
Oltin quymasi
Oltin quymasi / Foto: Tehran Times

Shveysariya so‘nggi olti oyda oltin xaridini keskin oshirdi. Mamlakat O‘zbekistondan $4,3 mlrdlik oltin xarid qildi. Bu haqda BMTning Comtrade platformasiga tayanib, «Ria Novosti» ma’lum qildi.

Ushbu davrda Shveysariya dunyo bozoridan $95,1 mlrd qiymatida oltin sotib olgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 1,8 baravar ko‘pdir. Eng yirik yetkazib beruvchi AQSh bo‘lib, $19,2 mlrdlik oltin eksport qilgan. Keyingi o‘rinlarda BAA ($17,6 mlrd), Kanada ($4,5 mlrd), Avstraliya ($4,4 mlrd) va O‘zbekiston ($4,3 mlrd) joylashgan.

Shveysariyaning eng yirik oltin sotuvchilari:

Yetkazib beruvchi davlatEksport hajmi (mlrd $)
AQSh19,2
BAA17,6
Kanada4,5
Avstraliya4,4
O‘zbekiston4,3

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $50 milliarddan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek