
Smartbank endilikda o‘z faoliyatini Openbank nomi ostida davom ettiradi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bankning rasmiy sayti endi openbank.uz domenida faoliyat yuritmoqda, shuningdek, Telegram-kanali ham yangi nomga o‘tdi.
Bank xabariga ko‘ra, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda avvalgi tartib saqlanib qoladi hamda bank yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yil iyun oyida Smartbank’ning nomi Openbank’ga o‘zgartirilishi ma’lum qilingandi. 17-iyun kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida bu qaror 100% kvorum bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, Smartbank 2022-yil dekabrida Markaziy bankdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yevroosiyo Banki» litsenziyasi bekor qilingani haqida yozgandi.