
Surxondaryo viloyati Mediasiya va yuridik maslahatlar huzuridagi hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro Tеrmiz shahrida yashovchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat bojxona boshqarmasida ishga joylashtirish evaziga ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlangan edi.