Lifestyle

TikTok ulushining 80 foizi AQShga, 20 foizi Xitoyga beriladi

Investorlar qatoriga Oracle, Andreessen Horowitz va Silver Lake kabi yirik kompaniyalar bor
TikToTikTok ulushining 80 foizi AQShga, 20 foizi Xitoyga beriladi / Foto: The Conversation

TikTok’ni AQShda yopilishdan saqlash uchun yangi rejalar muhokama qilinmoqda. Loyiha doirasida amerikalik investorlar ishtirokida maxsus kompaniya tuzilib, ilova mamlakat ichida mustaqil boshqariladigan bo‘ladi, deya yozmoqda CNN.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tuzilmaning 80 foiz ulushi AQSh sarmoyadorlariga, qolgan 20 foizi esa xitoylik aksiyadorlarga tegishli bo‘ladi. Investorlar qatoriga Oracle, Andreessen Horowitz va Silver Lake kabi yirik kompaniyalar kirgan. Boshqaruv kengashi esa asosan amerikaliklardan iborat bo‘ladi.

Oracle asoschisi Larri Ellison ham muzokaralarda faol ishtirok etmoqda. U ilgari ham TikTok’ning AQShdagi ma’lumotlarini saqlashda hamkorlik qilgan va ilovaning aktivlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga yaqin bo‘lgan.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Trampning TikTok’ni butunlay bloklash tahdididan keyin yon berishga majbur bo‘lgan. Muzokaralar avval Trampning yuqori tariflari sabab to‘xtagan bo‘lsa, endi qaytadan jonlantirilgan. Endilikda Tramp va Si Szinpin o‘rtasida juma kuni bo‘lib o‘tadigan telefon suhbatida bitimni rasman yakunlash kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oracle aksiyalari rekord darajaga chiqqani haqida xabar bergan edik.