Avto

Xitoyda Audi E5 Sportback avtomobili taqdim etildi

Salon 59 dyuymli displey bilan jihozlangan
Audi E5 Sportback
Xitoyda Audi E5 Sportback taqdim etildi / Foto: Autohome

Audi va SAIC Group Xitoy bozorida yangi Audi E5 Sportback elektromobili taqdim etildi. Model Advanced Digitized Platform (ADP) bazasida ishlab chiqilgan va faqat mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan.

Yangi elektromobil 235,9 ming yuandan ($32 ming) boshlanadi. Eng qimmat versiya esa 319,9 ming yuangacha ($45 ming) boradi. Model orqa g‘ildirakdan tortuvchi va to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi variantlarda taklif qilinadi.

Foto: Autohome

Audi E5 Sportback dizayni Audi E konseptidan ilhomlangan. Aerodinamik koeffitsienti — 0,252 Cd. Korpus oltita rangda bo‘ladi. Faralar 942 ta LED elementdan iborat bo‘lib, dinamik animatsiyalar yaratishi mumkin. Shuningdek, yashirin eshik tutqichlari va 19-20 dyuymli disklari bor. Avtomobil o‘lchamlari: 4881 × 1960 × 1479 mm, g‘ildirak bazasi esa 2950 mm.

Foto: Autohome
Foto: Autohome

Salon 59 dyuymli displey bilan jihozlangan. Multimedia tizimi Qualcomm Snapdragon 8295 protsessoriga asoslangan va Audi OS platformasida ishlaydi. Mashina 27 ta sensor, jumladan LiDAR bilan jihozlangan. Haydovchiga yordam tizimi Nvidia Orin-X protsessorida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi avlod Audi TT’ning kutilayotgan prototipi taqdim etilgani haqida yozgan edi.