
UEFA Chempionlar ligasi 1-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Oʻz maydonida «Marsel»ni qabul qilgan «Real» 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab, 22-daqiqada Timoti Vea hisobni ochdi. 28-daqiqada esa Mbappe penaltidan muvozanatni tikladi.
82-daqiqada «Marsel» darvozasi tomon yana penalti belgilandi va Mbappe unda ham zarbada adashmadi.
Ta’kidlash joiz, uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Trent Aleksandr-Arnold jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning o’rniga bahsga qoʻshilgan Dani Karvaxal esa 72-daqiqada qizil kartochka bilan jazolandi.
YChL. 1-tur
«Real Madrid» – «Marsel» 2:1
Gollar: Mbappe (pen. 28, 81) – Vea (22)
Real – Kurtua, Trent (Karvaxal, 5), Militao, Heysen, Karreras, Valverde, Chuameni, Mastantuono (Brahim, 63), Guler (Asensio, 73), Rodrigo (Vinisius, 63), Mbappe.
Marsel – Rulli, Pavar (Egen-Rayli, 88), Balerdi, Medina, Emerson (Murillo, 78), Kondogbia (Vermiren, 67), Hoyberg, Grinvud, O’Rayli (Payxao, 66), Vea (Guiri, 78), Obameyang.
Shuningdek, «Tottenhem» oʻz maydonida «Vilyarreal»ni qabul qildi va minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 4-daqiqada kiritildi. «Vilyarreal» darvozaboni Luis Junior kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
«Tottenhem» – «Vilyarreal» 1:0
Gol: Luis Junior (avtogol, 4)
Tottenhem – Vikario, Porro, Romero, Van de Ven, Spens (Udogie, 69), Bergvall, Bentankur, Sar (Palinyu, 69), Qudus, Risharlison (Kolo Muani, 77), Simons (Jonson, 77).
Vilyarreal – Luis Junior, Mourinyo, Foyz, Veyga, Kardona (Axomach, 75), Pepe, Komesana (Parti, 78), Guye (Parexo, 78), Buchanan (Moleyro, 82), Perez (Pedraza, 75), Mikautadze.
Bundan tashqari, «Yuventus» maydoniga safar qilgan «Borussiya Dortmund» yirik 4:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Karim Adeyemi 52-daqiqada hisobni ochdi. 63-daqiqada Kenan Yildiz muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Nmecha nemislarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, Vlahovich 67-daqiqada yana imkoniyatlarni tenglashtirdi.
74-daqiqada Yan Kuto «Borussiya D»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 86-daqiqada esa Bensebayni dortmundliklarning toʻrtinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa «Yuventus» mag’lubiyatdan qutulib qoldi. 90+4-daqiqada Vlahovich hisobni qisqartirgan boʻlsa, 90+6-daqiqada Lloyd Kelli muvozanatni tikladi.
«Yuventus» – «Borussiya Dortmund» 4:4
Gollar: Yildiz (63), Vlahovich (67, 90+4), Kelli (90+6) – Adeyemi (52), Nmecha (65), Kuto (74), Bensebayni (pen. 86).
Yuventus – Di Gregorio, Kalulu, Bremer, Kelli, Makkeni (Mario, 60), Kupmeyners (Lokatelli, 69), Tyuram, Kombiyaso, David (Vlahovich, 60), Yildiz, Openda (Adzich, 69).
Borussiya D – Kobel, Ryerson, Anton, Bensebayni, Kouto, Zabitser, Nmecha (Bellingem, 71), Svensson, Adeyemi, Beyer (Brandt, 71), Girasi.
Turnir favoritlaridan biri deb tilga olinayotgan «Arsenal» Bilbaoda «Atletik» bilan bahs yuritib, zaxiradan tushgan Martinelli va Trossarning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
«Atletik» — «Arsenal» 0:2
Gollar: Martinelli (72), Trossar (87).
Atletik — Simon, Boiro (Berchich, 68), Xauregisar, Berenger, Vesga (Rego, 81), Vivian, Gorosabel, Navarro (Gomes 61, Serrano 81), Paredes, Sanset (Guruseta, 68), I.Uilyams.
Arsenal — Rayya, Gabriel, Moskera, Timber, Kalafiori (Hinkapi, 90+1), Rays, Merino, Subimendi, Madueke (Nyorgor, 90+1), Eze (Martinelli, 71), Gokeresh (Trossar, 65).
Niderlandiya chempioni «PSV» esa o‘z uyida Belgiya chempioni «Yunion Sent-Jillua»ga yutqazib qo‘ydi.
«PSV» – «Yunion Sent-Jillua» 1:3
Gollar: Van Bommel (90) – David (pen. 9), El Haj (39), Makallister (81).
PSV – Kovar, Dest, Flamingo, Obispo (Salah-Eddine, 46), Gasiorovski, Shouten (Till, 46), Virman, Perishich, Saybari (Vanner, 74), Van Bommel, Pepi (Boadu, 74).
Yunion Sent-Jillua – Sherpen, Makallister, Burges, Leysen, Halayli, Zorgane, Rasmussen, Niang, El Haj (Van de Perre, 77), Rodriges (Skufs, 88), David (Giger, 67).
Kunning soʻnggi bahsi «Benfika» va «Qorabog’» oʻrtasida kechdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab, hisob 6-daqiqada Barranechea tomonidan ochildi. 16-daqiqada Pavlidis ustunlikni mustahkamladi.
30-daqiqada Leandro Andrade hisobni qisqartirdi. 48-daqiqada Kamilo Dyuran muvozanatni tikladi. 86-daqiqada esa Kashchuk «Qorabog’»ga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
«Benfika» – «Qorabog’» 2:3
Gollar: Barranechea (6), Pavlidis (16) – Andrade (30), Duran (48), Kashchuk (86).
Benfika – Trubin, Dedich, Silva, Otamendi, Dahl, Rios (Barreyro, 79), Barranecha, Aursnes (Ivanovich, 70), Sudakov, Shyelderup (Prestianni, 70), Pavlidis (Arauxo, 79).
Qorabogʻ – Koshalski, Silva, Mustafozoda, Medina, Safarquliyev (Bayramov, 77), Bikalyo, Yankovich (Kashchuk, 77), Andrade (Addai, 66), Borgas, Zoubir, Duran.