
YouTube Made on You Tube tadbirida so‘nggi to‘rt yilda blogerlar, san’atkorlar va media kompaniyalariga $100 mlrddan ortiq to‘lov amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Bu raqam platformaning yaratuvchilar iqtisodiyotida qanchalik muhim o‘rin egallashini yana bir bor tasdiqladi. Tadbirda sun’iy intellekt haqida ham so‘z borgan. SI asosida yaratuvchi shaxsini himoya qilish vositasi yaqin oylarda YouTube’ning monetizatsiya dasturiga ulangan barcha yaratuvchilarga taqdim etiladi. Like’ni aniqlash funksiyasi orqali boshqa birov sizning qiyofangizdan noqonuniy foydalanayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi.
So‘nggi yilda televizor orqali $100 mingdan ko‘proq daromad qilgan kanallar soni 45 foizga oshdi. Bu o‘sishga jonli efirlar sabab bo‘ldi. 2025-yilning ikkinchi choragida kunlik foydalanuvchilarning 30 foiz jonli kontent ko‘rgan.
YouTube Shorts bugun har kuni 200 mlrd marta tomosha qilinadi. Shu sababli platforma bu yo‘nalishga kuchli e’tibor qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Nepal hukumati YouTube va WhatsApp’ni bloklagani haqida yozgan edi.