Bryanskda ikki nafar o‘zbekistonlik narkokuryer qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Hozirda sud qaroriga ko‘ra, ular jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashlari belgilandi
Foto: Depositphotos.com

Rossiya Federatsiyasi Bryansk viloyatida 22 yoshli ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, ular Rossiya JKning 228.1-moddasi (giyohvand moddalarni sotishga urinish) bo‘yicha aybdor deb topildi va 8 yil qattiq tartibli koloniyada ozodlikdan mahrum etildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil boshida jinoyatchilar keyinchalik sotish uchun qariyb 20 gramm giyohvand moddani qo‘lga kiritgan. 2025-yil 21-mart kuni ular taksiga o‘tirib, «ishga» yo‘l olishgan. Biroq reja amalga oshmagan: mashina Bryansk tumanida politsiya tomonidan to‘xtatildi va noqonuniy moddalar musodara qilindi.

Hozirda sud qaroriga ko‘ra, ular jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashlari belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyadan O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pasport sabab deport qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek