Sport

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi

Foto: O‘FA

18-sentabr kuni FIFA milliy jamoalarning navbatdagi reytingini taqdim etdi. Bu gal TOP – 5 likda o‘zgarish kuzatildi.

Bunga qadar ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallab kelgan Ispaniya va Fransiya bir pog‘onadan yuqoriladi. Shu tariqa «qizil furiya» 2014-yildan so‘ng ilk bor reytingda birinchi o‘rinda qayd etildi.

So‘nggi oylarda yetakchilik qilib kelgan Argentina esa uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham reytingda bir pog‘ona yuqoriladi. Iyul oyida 55-o‘rinda qayd etilgan «oq bo‘rilar» yangilangan ro‘yxatda 54-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa hamon 6-o‘rinni egallab turibdi.

FIFA reytingi (TOP – 10):

  1. Ispaniya;
  2. Fransiya;
  3. Argentina;
  4. Angliya;
  5. Portugaliya;
  6. Braziliya;
  7. Niderlandiya;
  8. Belgiya;
  9. Xorvatiya;
  10. Italiya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilar uchun klublarga $355 mln miqdorida kompensatsiya to‘lashini e’lon qilgandi.