Yangiliklar

Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi

Reyting ballari to‘rt bosqichda elektron platforma orqali shakllantiriladi
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda
Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi / Foto: depositphotos.com

2025-yil 15-sentabrdan hukumat qaroriga asosan hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi baholanadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Reyting ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:

  • Investitsiya salohiyati — statistik ko‘rsatkichlar va ustuvor omillar asosida;
  • Boshqaruv samaradorligi — tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida.

Jarayonni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi muvofiqlashtiradi. Vazirlik elektron platformani boshqaradi, baholash natijalarini hisoblab, tahliliy ma’lumotnoma tayyorlaydi.

Reyting ballari to‘rt bosqichda elektron platforma orqali shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Global innovatsiya indeksi (GII) 2025-yilgi reytingida Oʻzbekiston 139 ta mamlakat ichida 79-oʻrindan joy olgani haqida yozgan edik.