“Kelajak” markazlarida sport, san’at va IT to‘garaklari ochiladi

eʼlon qilindi
Markazlar o‘quvchilar soniga qarab ikki guruhga bo‘linadi
«Kelajak» markazlarida sport, san’at va IT to‘garaklari ochiladi / Foto: Sun’iy intellekt

Yangi qarorga ko‘ra, «Kelajak» markazlari tizimi qayta yo‘lga qo‘yilib, ularning faoliyati tartibga solinadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Endi markazlar shartnoma asosida malakali mutaxassislar va nodavlat o‘quv markazlarini jalb etgan holda turli to‘garaklar tashkil qiladi.

2026-yil 1-yanvardan ota-onalar to‘laydigan minimal badal miqdorlari qayta ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, to‘lov miqdorini respublikada belgilangan eng kam me’yorlardan yuqori qilib belgilashga ham yo‘l qo‘yiladi.

Markazlar kontingent soniga qarab ikki toifaga ajratiladi: 600 nafargacha bo‘lganlari – II guruh, 601 nafar va undan ortiq bo‘lganlari – I guruh hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi markazlar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi. Inklyuziv to‘garaklarda ishlaydigan pedagoglarga esa har oyda lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Shuningdek, markazlarda bolalarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, sport, san’at, IT, chet tillari va boshqa yo‘nalishlarda to‘garaklar ochilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yoshlarning keng qamrovli bilim olishiga va kelajakda raqobatbardosh kadrlar bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek