Yangiliklar

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Yangi institutda hozirgi filial talabalari o‘qishni davom ettiradi
Foto: Wikipedia

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti barpo etildi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Yangi institutda hozirgi filial talabalari o‘qishni davom ettiradi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalari institut diplomi bilan taqdirlanadi. Shuningdek, yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etilishi belgilangan.

Ta’lim maskanida geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashtirilgan GeoMetTex nomli ilg‘or muhandislik maktabi ochiladi. Unda faqat akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar tanlov asosida qabul qilinib, maxsus amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar asosida o‘qitiladi.

Maktab sanoat korxonalari bilan hamkorlikda ishlaydi va zamonaviy laboratoriyalar bilan jihozlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi haqida yozgandi.