Gadjetlar

Oppo Find X9 flagmani haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Oppo
Foto: Ochiq manbalar

Oppo Find X9 smartfoni haqida asosiy texnik xususiyatlarni ochiqlandi. Manbalarga ko‘ra, yangi flagman Android 16 operatsion tizimida, ColorOS 16 interfeysi bilan ishlaydi. Qurilma MediaTek Dimensity 9500 protsessori asosida yaratiladi.

Smartfon 6,59 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, uning ramkalari atigi 1,18 mm bo‘ladi. Ekran 1,5K aniqlikni taqdim etadi. Xotira hajmi 16 GB gacha, doimiy xotira esa 1 TB gacha bo‘ladi.

Kameralar tizimi ham katta yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Old kamera 32 MP, asosiy blok esa uchta 50 MP sensorni o‘z ichiga oladi. Oppo Hasselblad bilan hamkorlikda yangi avlod kameralarini taqdim etadi.

Akkumulyator sig‘imi 7025 mA/soat bo‘lib, u 80 Vt tezkor zaryadlash va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Oppo kompaniyasi Find X9 seriyasi oktabrda taqdim etilishini rasman tasdiqlagan. U ilk rasmiy teaserni ham chiqargan. Shuningdek, yaqinda Find X9 Pro modelidan olingan ilk 200 MP kamera namunasi ham e’lon qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo $200 atrofidagi K13s smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.