O‘zbekiston Afg‘onistonga un yetkazib berishda Qozog‘istonni ortda qoldirdi

eʼlon qilindi
Afg‘oniston O‘zbekistondan 1,2 mln tonna un xarid qilgan
O‘zbekiston Afg‘onistonga un yetkazib berishda Qozog‘istonni ortda qoldirdi / Foto: Unsplash

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston import qilgan unning 47 foizini ta’minlab, bu yo‘nalishda yetakchi davlatga aylandi. Bu haqda mustaqil tahlilchi Marina Sidak 18-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asia Grains & Oils Conference xalqaro anjumanida ma’lum qildi.

Raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda Afg‘oniston O‘zbekistondan 1,2 mln tonna un xarid qilgan. O‘rtacha narx 1 tonna uchun $273ni tashkil etgan. Qozog‘iston esa 1,1 mln tonna un yetkazib bergan bo‘lib, narx $265 atrofida bo‘lgan.

2025-yilning dastlabki olti oyida ham O‘zbekiston o‘z yetakchilik mavqeini saqlab qoldi. Bu davrda Afg‘onistonga 691 ming tonna un jo‘natildi. Shu vaqt ichida Qozog‘iston 537 ming tonna, Rossiya esa atigi 14 ming tonna un yetkazib berdi. Uchala davlat uchun o‘rtacha eksport narxi 1 tonna uchun $300 atrofida shakllandi.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonning yuqori ko‘rsatkichlari nafaqat narx siyosati, balki logistika qulayligi va bozorda strategik faoliyati bilan ham izohlanadi. Shu tariqa mamlakat Afg‘oniston bozorida barqaror yetakchi sifatida mustahkamlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘onistonning sharqiy viloyatlarida kuchli zilzilalardan jabrlangan aholiga yordam sifatida yuborilgan oziq-ovqat zaxiralari tez orada tugashi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek