
Caravan Info agentiligining xabariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha oltin qazib olish hajmi 0,5 foizga oshib, 3,6 ming tonnani tashkil etdi. O‘rtacha o‘sish surati past bo‘lganiga qaramay, oltinga bo‘lgan talab sanoatda ham, moliya bozorida ham saqlanib qolmoqda.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Xitoy an’anaviy ravishda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi pog‘onalarda Rossiya va Avstraliya joylashgan. Shuningdek, Kanada va AQSh ham kuchli beshlikdan o‘rin olgan.
O‘zbekiston esa kuchli o‘ntalikka kirib, jahon bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.
Asosiy iste’molchi sifatida zargarlik sanoati yetakchilik qilmoqda. 2024-yil davomida ushbu yo‘nalishdagi xarajatlar 9 foizga o‘sib, $140 milliarddan oshdi.
Bu o‘sish global narxlarning ko‘tarilishi fonida ro‘y berdi va bu oltinga bo‘lgan talabning iste’molchilar orasida saqlanib qolinganini ko‘satadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya olti oyda O‘zbekistondan 4,3 milliard dollarlik oltin sotib olgani haqida xabar berilgandi.