Rossiyadan O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pasport sabab deport qilinmoqda

eʼlon qilindi
Konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda
Foto: depositphotos.com

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘zbekistonlik fuqaroning Qozondagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida 45 kun davomida saqlanayotgani haqidagi videolavhaga izoh berildi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida videoda tilga olingan shaxsga aniqlik kiritildi. Unga nisbatan 2025-yil 2-avgust kuni Saratov viloyati Ozinsk tumanida Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi (mamlakatda qolish tartibini buzish) bo‘yicha choralar qo‘llanilgan va Rossiya hududidan chiqarib yuborish qarori qabul qilingan.

Fuqaro shu yilning 11-iyul kuni ham xuddi shu modda bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, uning xorijga chiqish pasportida Rossiya chegarasidan o‘tganlik haqidagi muhrlarda qalbakilashtirish alomatlari topilib, hujjat ekspertizaga yuborilgan.

Video: ijtimoiy tarmoqlar

2-sentabr kuni Saratov viloyati Ichki migratsiya bo‘limi tomonidan Konsulxonaga fuqaroga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirish yuzasidan murojaat kelib tushgan. So‘rov tezkor ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan.

Hozirda Saratov viloyati Ichki migratsiya xodimining Qozondagi Bosh konsulxonaga xizmat safari kutilmoqda. Konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat konsulxonasi Vladivostokda vatandoshlar kaltaklanganiga munosabat bildirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek