O‘zbekistonliklar Germaniyaga gastronomiya sohasida ish va ta’limga taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
Nomzodlarga maosh va stipendiyalar taqdim etiladi
Germaniya
Foto: ERR

Germaniyaning ConsultingUz kompaniyasi va Migratsiya agentligi gastronomiya yo‘nalishida mavsumiy ish hamda Ausbildung dasturini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Dasturda 18 – 27 yosh oralig‘idagi erkak va ayollar qatnashishi mumkin. Loyiha doirasida dastlab 6 – 8 oy davomida mavsumiy ish, keyinchalik esa ikki yillik ta’lim jarayoni nazarda tutilgan.

Ta’lim mehmonxona va kurortlarning turli restoranlari, oshxona hamda ombor bo‘limlarida amaliyot shaklida olib boriladi. Birinchi olti oy sinov muddati sifatida belgilanadi.

Nomzodlarga maosh va stipendiyalar taqdim etiladi. Birinchi kursda oylik daromad 750 yevro (hozirgi kurs bo‘yicha $840), ikkinchi kursda 850 yevro ($952), uchinchi kursda esa 1000 yevro ($1120) miqdorida belgilanadi.

Ishtirokchilar saralash asosida tanlanadi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun Migratsiya agentligining rasmiy kanali va aloqa raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998)71 202-33-55 (ichki raqam 501, 502)

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklarning aksariyati kuz faslini ish va karyera uchun muhim davr deb hisoblashi haqida yozgandi.

Shuningdek