
«Poytaxt bank» kuzatuv kengashi qaroriga asosan Pulatov Dilshod Akmalovich bank boshqaruviga rahbarlik qiladi. Bu haqda Korparativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.
Shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibida ham o‘zgarish qayd etildi. Aftab Shaukat Ali vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan bo‘lib, uning o‘rniga Mirzaqulov Tolibjon Altinovich kengash a’zoligiga saylandi.
Ma’lumot uchun, 3-sentabr kuni Abror Turg‘unov «Poytaxt bank» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Milliy banklararo protsessing markaziga (Humo) Baxadirov Ulug‘bek Xojito‘rayevich rahbar etib tayinlangani haqida yozgandi.