Qozog‘istonda Chery avtomobillari keskin arzonlashdi

18-sentabr 2025 07:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
chery
Qozog‘istonda Chery avtomobillari keskin arzonlashdi / Foto: Chery

Qozog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish tufayli Chery kompaniyasiga tegishli barcha modellarning narxi pasaydi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» xabar bermoqda.

Foto: Chery

«Biz to‘liq hajmda mahalliylashtirish majburiyatlarini bajarmoqdamiz. Qozog‘istonda ishlab chiqarish – bu mijozlarimiz uchun narxlarning pasayishi bilan birga, yangi ish o‘rinlari, payvandlash va bo‘yash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, mahalliy mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirishdir. Davlat sanoatlashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda, biz esa soha vakillari sifatida Chery avtomobillarini qozog‘istonliklarga yanada yaqin va arzonroq qilmoqdamiz», — dedi Chery Kazakhstan direktori Nurlan Shamgonov.

Dastlabki partiya avtomobillar allaqachon konveyerdan chiqib, mamlakat bo‘ylab dilerlik markazlariga yuborildi.

Narxlar:

ModelQozogʻiston narxi
Tiggo 4$17,4 ming
Tiggo 7$22,6 ming
Tiggo 9$34,5 ming
Arrizo 8$23,3 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery birjalar orqali 1,2 mlrd dollargacha daromad olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek