
Qozog‘istonda mahalliy ishlab chiqarish tufayli Chery kompaniyasiga tegishli barcha modellarning narxi pasaydi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» xabar bermoqda.

«Biz to‘liq hajmda mahalliylashtirish majburiyatlarini bajarmoqdamiz. Qozog‘istonda ishlab chiqarish – bu mijozlarimiz uchun narxlarning pasayishi bilan birga, yangi ish o‘rinlari, payvandlash va bo‘yash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, mahalliy mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirishdir. Davlat sanoatlashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda, biz esa soha vakillari sifatida Chery avtomobillarini qozog‘istonliklarga yanada yaqin va arzonroq qilmoqdamiz», — dedi Chery Kazakhstan direktori Nurlan Shamgonov.
Dastlabki partiya avtomobillar allaqachon konveyerdan chiqib, mamlakat bo‘ylab dilerlik markazlariga yuborildi.
Narxlar:
Model | Qozogʻiston narxi |
---|---|
Tiggo 4 | $17,4 ming |
Tiggo 7 | $22,6 ming |
Tiggo 9 | $34,5 ming |
Arrizo 8 | $23,3 ming |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery birjalar orqali 1,2 mlrd dollargacha daromad olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.