Toshkentda badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati start oldi — foto

18-sentabr 2025 23:25 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Badminton federatsiyasi

Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi kunda barcha yosh toifalarida dastlabki bahslarda gʻalaba qozondi. Bu haqda badminton federatsiyasi maʼlum qildi.

Toshkentda badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Dastlab U-15, U-17 va U-23 yosh toifalarida jamoaviy bahslar o’tkazildi. Guruh bosqichi va plef-off oʻyinlari murosasiz kechdi.

Foto: Badminton federatsiyasi

Xususan, U-15 yosh toifasida «B» guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston Turkmaniston terma jamoasini umumiy 5:0 hisobida magʻlub etdi. U-17 yosh toifasida Moʻgʻuliston xuddi shunday hisobda taslim etildi.

Shuningdek, U-23 yosh toifasida ham Oʻzbekiston Turkmanistonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi kunda qayd etilgan barcha natijalar:

U-15 yosh toifasida:
«A» guruhi — Mo‘g‘uliston — Qirg‘iz Respublikasi: 5-0
«A» guruhi — Qozog‘iston — Mo‘g‘uliston: 3-2
«B» guruhi — O‘zbekiston — Turkmaniston: 5-0
«B» guruhi — Turkmaniston — Tojikiston: 1-4

U-17 yosh toifasida:
«A» guruhi — Turkmaniston — Tojikiston: 0-5
«A» guruhi — Qozog‘iston — Turkmaniston: 5-0
«B» guruhi — Mo‘g‘uliston — Qirg‘iz Respublikasi: 4-1
«B» guruhi — O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston: 5-0

U-23 yosh toifasida:
«A» guruhi — Qozog‘iston — Qirg‘iz Respublikasi: 5-0
«B» guruhi — Turkmaniston — O‘zbekiston: 0-5
«B» guruhi — Tojikiston — Turkmaniston: 4-1

Foto: Badminton federatsiyasi

Musobaqaning ikkinchi kunida guruh o’yinlari doirasida U-15 yosh toifasida «A« guruhida Qozogʻiston terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasini 5:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, O‘zbekiston ham Tojikistonni xuddi shu hisobda ortda qoldirdi.

U-17 yosh toifasida esa «A» guruhida Qozogʻiston Tojikistonni 3:2, «B» guruhida Oʻzbekiston Qirgʻiz Respublikasini 5:0 hisobida taslim etdi. U-23 yosh toifasida «B» guruhida Oʻzbekiston Tojikiston ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Ikkinchi kunda qayd etilgan barcha natijalar:

U-15 yosh toifasida:
«A» guruhi — Qozog‘iston — Qirg‘iz Respublikasi 5-0
«B» guruhi — O‘zbekiston — Tojikiston: 5-0

U-17 yosh toifasi:
«A» guruhi — Qozog‘iston — Tojikiston: 3-2
«B» guruhi — O‘zbekiston — Qirg‘iz Respublikasi 5-0

U-23 yosh toifasida:
«B» guruhi — O‘zbekiston — Tojikiston: 5-0

Pley-off bosqichi

U-15 yosh toifasida:
O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston: 3-0
Qozog‘iston — Tojikiston: 3-0

U-17 yosh toifasida:
Qozog‘iston — Mo‘g‘uliston: 3-0
O‘zbekiston — Tojikiston: 3-1

U-23 yosh toifasida:
Qozog‘iston — Tojikiston: 3-0
O‘zbekiston — Qirg‘iz Respublikasi: 3-0

Eslatib oʻtamiz, avvalroq badminton boʻyicha Markaziy Osiyo Chempionatining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek