
Turkiya Superligasi 1-turining qoldirilgan o‘yinida «Fotih Karagumryuk» oʻz maydonida «Istanbul Bashakshehir»ni qabul qildi. Yakunda mehmonlar 0:2 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Dastlab, hisob 65-daqiqada Ivan Brnich tomonidan ochildi. 69-daqiqada esa Anil Yigit Chinar kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
«Istanbul Bashakshehir»ning oʻzbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlab, 85-daqiqada maydonda harakat qildi. Shuningdek, Eldor jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. Abbosbek Fayzullayev esa ushbu bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi.
Shomurodov uchrashuvning 27-daqiqadasida raqib darvozasini ishgʻol qilgandi. Biroq VAR holatga aralashdi va ofsayd sabab golni bekor qildi.
Shu tariqa, Istanbul klubi ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 5 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa koʻtarilib oldi.
Turkiya Superligasi, 1-tur (qoldirilgan o’yin)
«Fotih Karagumryuk» – «Istanbul Bashakshehir» 0:2
Gollar: Brnich (65), Chinar (avtogol, 69).
Karagumryuk – Grbich, Chankaya, Kadio’g’lu, Chinar, Balkovech, O’zchan (Akgun, 86), Jonson (Demirol, 86), Kalpakli (Serjinyo, 46), Chukur, Kalaychi (Kamacho, 46), Gray (Doh, 68).
Bashakshehir – Shengezer, Ebosele, Gureler, Opoku, Operi, O’zdemir, Turuch (Brnich, 60), Krespo (Gunesh, 85), Kemen (Da Koshta, 73), Sari (Beyaz, 85), Shomurodov (Ergun, 85).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Andijon» Osiyo Chempionlar ligasi-2 «B» guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Arkadag‘»ga qarshi bahsda durang natija qayd etgani haqida xabar berilgandi.