Avto

Wuling 27-sentabrda yangi Binguo S elektrokarini taqdim etadi

Wuling
Foto: Wuling

Xitoyning Wuling kompaniyasi yangi Wuling Binguo S elektromobilini 27-sentabr kuni rasman taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Avtomobilning oldindan buyurtma narx $9,5 ming etib belgilangan.

Model ikki xil masofa zaxirasi bilan taqdim qilinadi. 325 kilometr va 430 kilometr. Ikkala versiyada ham old g‘ildirakdan tortuvchi tizim va 75 kVt quvvat hamda 180 Nm moment ishlab chiqaruvchi doimiy magnitli sinxron elektromotor o‘rnatilgan. Qisqa masofali variant 31,9 kVt/soatli LFP batareya bilan, uzoq masofali versiya esa 41,9 kVt/soatli batareya bilan jihozlangan.

Foto: Wuling

Avtomobilning uzunligi 4 265 mm, eni 1 785 mm, balandligi 1 600 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2 610 mmni tashkil etadi. Old qismida MacPherson mustaqil osma, orqa qismida esa torsion nurlik nomaustaqil osma tizimi qo‘llanilgan.

Binguo S o‘ziga xos yangi dizayn uslubiga ega bo‘lib, farqli yoritish elementlari va old chap tomoniga joylashtirilgan zaryadlash porti bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Wuling Bingo S elektromobili uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlagani haqida yozgan edi.