Xitoyning DeepSeek kompaniyasi arzon narxda sun’iy intellekt modeli yaratdi

eʼlon qilindi
Atigi $294 ming evaziga
Xitoyning DeepSeek kompaniyasi arzon narxda sun’iy intellekt modeli yaratdi / Foto: Webprecious

Xitoylik DeepSeek kompaniyasi o‘zining yangi R1 sun’iy intellekt modelini atigi $294 mingga tayyorlaganini ma’lum qildi. Bu raqam AQSh kompaniyalari sarflagan xarajatlardan ancha past, deya yozmoqda Reuters.

R1 modeli 512 ta Nvidia H800 chiplarida 80 soat davomida o‘qitilgan. Shu bilan birga, kompaniya dastlabki bosqichlarda A100 chiplaridan ham foydalanganini tan oldi.

Mutaxassislar fikricha, bunday past narx sun’iy intellekt sohasidagi raqobatda Xitoyning mavqeini mustahkamlashi mumkin. Shu bilan birga, AQSh kompaniyalari DeepSeekning ayrim bayonotlari va ishlatgan texnologiyalari yuzasidan savollar tug‘dirganini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonkong Fan va texnologiyalar universiteti (HKUST) tadqiqotchilari Xitoyda yaratilgan DeepSeek-R1 til modelini sog‘liqni saqlash sohasida chuqur o‘rgangan edilar.

Shuningdek