Toshkentda kuchli dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Prokratura

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumanida olib olib borilgan tekshiruv davomida fuqaro boshqa bir fuqaroga tarkibida «sibutramin» moddasini saqlagan ikki turdagi dori vositasini 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, uning boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi salonidan savdo uchun olib kelingan xorijda ishlab chiqarilgan jami 1071 dona turli nomdagi dori vositalari dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda yashirin dori omborlari fosh etilgani haqida xabar bergan edi.

Namangan viloyatining Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 manzilda uch nafar fuqaroga tegishli yashirin dori omborlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘tkazilgan tekshiruvlarda Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan, hujjatlarsiz 7,2 mlrd so‘mlik 102 mingdan ortiq «Geparin», «Aktovegin», «Hilak forte» va «Ursofalk» kabi kontrafakt dorilar topildi. Shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi «Testosteron» va «Retabolil» ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek