
Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi «1FIT» MChJga nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Unga ko‘ra, korxona tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttirilgan ma’no ifodalangani aniqlangan. Shu sababli MChJ ustidan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror chiqarilgan.
Bundan tashqari, qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi uchun ko‘rsatma berilgan.
Avvalroq bir qator blogerlar konsalting xizmatlarini noto‘g‘ri talqin qilganligi uchun jarimaga tortilgandi. Unga ko‘ra, Instagramdagi Iwash_tashkent va Abdurahmonmufid profili egalari konsalting korxonasi xizmatlarini noto‘g‘ri shaklda reklama qilganligi aniqlangan.