Andijondagi turagentlikning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

eʼlon qilindi
«Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziya talablarini buzgan
Foto: zurijeta/Depositphotos

Andijon shahridagi «Ih­los Travel1» MChJ faoliyatida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Unga ko‘ra, agentlik belgilangan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziya talablarini buzgan.

Shu sababli 2024-yil 21-noyabr kuni berilgan 10-sonli litsenziya amal qilish muddati 10 kunga to‘xtatildi.

Qo‘mita tadbirkorlik subyektlariga murojaat qilib, «Umra» tadbirlarini tashkil etish jarayonida qonunchilik normalariga qat’iy amal qilish zarurligini eslatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Umra – 2025/2026» mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani haqida yozgandi.

Shuningdek