Banklar va moliya

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining 168 mln dollarlik aksiya paketini sotib oladi

777 777 dona aksiyasini
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining 168 mln dollarlik aksiya paketini sotib oladi. Foto: e-cis.info

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo taraqqiyot bankining 777 777 dona aksiyasini sotib olish jadvalini tasdiqlash haqida qaror imzoladi. Tegishli qaror Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har birining nominal qiymati bir ming dollarlik aksiyalarni sotib oladi. Ulardan 168 411 tasi (21,7 foiz) to‘lanadi, qolganlari esa talab bo‘yicha to‘lanadi.

To‘lov summasi $168,4 millionni tashkil etadi. Shundan 10 millioni 23-sentabrgacha, qolgan qismi esa 2026 – 2027-yillarda teng ulushlarda — $79,2 milliondan to‘lanadi.

Avvalroq O‘zbekiston YTBga qo‘shilishi bo‘yicha qonunni ham qabul qilgandi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki 2006-yilda Rossiya va Qozog‘iston tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik unga Armaniston, Tojikiston, Belarus va Qirg‘iziston ham qo‘shilgan. Bankning shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan bo‘lib, uning ustav kapitali $7 milliardni tashkil etadi.