O‘zbekistonda hafta davomida dollar kursi oshdi

eʼlon qilindi
15-sentabr kuni kurs 12 344,61 so‘m etib belgilangan edi
dollar
O‘zbekistonda hafta davomida dollar kursi oshdi / Foto: Depositphotos

Valyuta birjasining haftalik ma’lumotlariga ko‘ra, 15 – 19 sentabr kunlari AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati biroz oshdi.

15-sentabr kuni kurs 12 344,61 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, keyingi kuni u 12 285,16 so‘mga tushdi. 17-sentabrda esa dollar yana arzonlab, 12 254,27 so‘mni tashkil qildi.

18-sentabr kuni esa biroz ko‘tarilish kuzatilib, kurs 12 314,71 so‘m bo‘ldi. 19-sentabrda o‘sish davom etib, 12 349,87 so‘mni tashkil qildi.

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Umumiy olib qaraganda dollar kursi hafta boshidan oxirigacha 5,26 so‘mga oshgan.

Markaziy Bank hali o‘z zaxiralari safiga kriptovalyutalarni qo‘sha olmaydi. Bu haqda Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti rahbari Sanjar Valiyev jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Dunyoning rivojlangan davlatlari boshqa turdagi aktivlarni faol zaxiralarga qo‘shishni boshlagan. Misol uchun — kriptovalyutalar. Biz esa bunga tayyor emasmiz. Kriptovalyuta volantlik juda yuqori bo‘lgan aktiv. Shuning uchun zaxiralarga uni qo‘shish maqsadga muvofiq emas», dedi Sanjar Valiyev.

U shuningdek, boshqa xorijiy davlatlarning kriptovalyuta zaxiralarini tashkil etishgacha barcha bosqichdan o‘tganliklari va yetarli darajada valyutalar jamlanganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq 22-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edik.

Shuningdek