
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimiga sun’iy intellekt asosidagi yangi loyiha — «Shifokorning raqamli yordamchisi» joriy etiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
U shifokorlarga bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashadi va nutqni avtomatik tarzda matnga aylantirib, tibbiy ko‘rik jarayonini yengillashtiradi.
Prezident qaroriga ko‘ra, dastur 2026-yil yakunigacha to‘liq ishga tushiriladi. Shu bilan birga, 2026-yil 1-maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishda yo‘llanmalarni shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.
Yangi tizim shifokorlarning ishini samarali tashkil etish, bemorlar uchun qulaylik yaratish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xatoliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirilgani haqida yozgan edik.