Sport

O‘zbekistonlik hakamlar «JCh – 2026» saralash o‘yinini boshqaradi

Foto: O‘zFHM

Joriy yilning oktabr oyida Osiyo qit’asida 2026-yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich doirasidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati ma’lum qildi.

14-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qatar va BAA milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida faoliyat yuritadi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

VAR tizimida Ahror Risqullayev, AVAR hakami sifatida esa Firdavs Norsafarov nomlari qayd etilgan. Shuningdek, to‘rtinchi hakam vazifasini Rustam Lutfullin bajarishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani haqida xabar berilgandi.