Patentning bekor qilinishi, «prava»ni onlayn tiklash, oshayotgan dollar — 19-sentabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan kunning eng muhim yangiliklarini jamladi
Метро Ташкента
Foto: LiveJournal / gelio

Kursiv Uzbekistan kunning eng muhim yangiliklarini jamladi.

O‘zbekistonda «Oasis» yagona raqamli platformasi yaratiladi

O‘zbekistonda «OASIS» yagona raqamli platformasi yaratiladi
O‘zbekistonda «OASIS» yagona raqamli platformasi yaratiladi / Foto: Kentoh / www.depositphotos.com

2026-yil 1-dekabrgacha O‘zbekistonda «Raqamli hukumat» tizimining yangi «Oasis» yagona raqamli platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Yangi platforma davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. 

19-sentabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar
Foto: Nedret Binici / Unsplash

Tijorat banklari 19-sentabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 350 so‘m«Asia Alliance»
EUR14 640 so‘m«NBU»
RUB150 so‘m«Asakabank», «Kapitalbank»

Sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 310 so‘m«Infinbank», «Anorbank»
EUR14 505 so‘mXalq banki
RUB139 so‘m«Hamkorbank», «Asia Alliance»

O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan kelishuvga erishdi

Jenevada O‘zbekiston Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan JSTga kirish bo‘yicha ikki tomonlama bayonnomalarni imzoladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Rossiya migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishi mumkin

migrant
Rossiya migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishi mumkin. Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Yepanchinsev

Prezident Vladimir Putin Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylash kerakligini aytdi. Bu haqda «RBK» nashri xabar berdi.

Putin bu haqda davlat dumasidagi fraksiyalar yetakchilari bilan uchrashuv doirasida aytib o‘tgan.

O‘zbekistonlik hakamlar «JCh – 2026» saralash o‘yinini boshqaradi

Joriy yilning oktabr oyida Osiyo qit’asida 2026-yilgi Jahon chempionati 4-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich doirasidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati ma’lum qildi.

1FIT reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

1FIT reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi. Foto: ochiq manbalardan

Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi «1FIT» MChJga nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Unga ko‘ra, korxona tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttirilgan ma’no ifodalangani aniqlangan.

Rossiyaning Uzoq Sharqidagi o‘zbekistonliklar zilzila sabab ogohlantirildi

Qirg‘izistonda zilzila
Foto: Facebook.com

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlarida yuz bergan zilzila ortidan Vladivostok shahridagi Bosh konsulxona hududdagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, 19-sentabr kuni Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila qayd etilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida yetti ballgacha sezilgan hamda sunami haqida ogohlantirish berilgan.

TBC Bank endilikda chet el fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatadi

Foto: TBC Bank

TBC Bank endilikda mamlakatda yashayotgan chet el fuqarolari uchun ham moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya Kursiv’ga ma’lum qildi.

Haydovchilik guvohnomasini onlayn tiklash imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston haydovchilari
Foto: Facebook

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘yganlar endi uni yangilash uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Buning uchun my.gov.uz saytidagi «Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish» xizmatidan foydalanib, «Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash» bo‘limida ariza yuborishi lozim.

22-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar
Foto: Depositphotos

22-sentabr kungi valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 349,87 so‘m (+35,16 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Ko‘cha mushugining Formula 1’dagi sarguzashtlari — foto, video

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Formula-1 Gran-prisida tomoshabinlarning diqqatini musobaqa bilan bir qatorda daydi mushuk o‘ziga qaratdi. «Paddock Cat» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu mushuk Gran-pri hududi egallab, musobaqaning eng kutilmagan yulduziga aylandi. Uning bemalol yurgani va erkinligi sportning keskin muhitiga yoqimli kontrast bo‘lib, tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Endi Boku Gran-prisi nafaqat poyga, balki «Formula-1 mushugi» bilan ham yodda qoladigan bo‘ldi.

Shuningdek