Gadjetlar

Redmi 15C 5G smartfoni 180 yevro narxda savdoga chiqdi

Redmi 15C 5G smartfoni 180 yevro narxda savdoga chiqdi / Foto: Xiaomi

Yevropada arzon Redmi 15C 5G smartfoni savdoga chiqdi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Modelning narxi 180 yevrodan boshlanadi.

Uning asosiy farqi 4G versiyasidan chipsetida – Helio G81 Ultra o‘rniga Dimensity 6300 o‘rnatilgan. Fransiya, Ispaniya va Vengriya aholisi endi yangi modelni xarid qilishi mumkin.

Redmi 15C 5G biroz kattaroq va og‘irroq bo‘lib, vazni 211 grammga yetadi. Smartfon 6,9 dyuymli IPS ekranga ega, HD+ aniqlikda va 120 Hz yangilanish tezligida ishlaydi. Qurilma 6000 mA/soat batareya bilan jihozlangan, 33 Vt quvvatli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Himoya darajasi IP64 bo‘lib, suv va changdan saqlanish imkonini beradi.

Foto: Xiaomi

Kameralariga kelsak, old kamera 8 megapikselli, asosiy esa 50 megapikselli sensorga ega. Smartfonda naushnik uchun standart raz’yom, NFC moduli va yon tomonda barmoq izi skaneri mavjud. 4/128 GB versiyasi 180 yevro, 4/256 GB varianti esa 200 yevroga sotuvga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi va Oppo yangi Turbo smartfonlarni tayyorlayotgani haqida yozgan edi.