Avto

SAIC Roewe M7 DMH avtomobili namoyish etildi

Roewe
SAIC Roewe M7 DMH avtomobili namoyish etildi / Foto: Roewe

Xitoyda SAIC kompaniyasi tomonidan yangi Roewe M7 DMH gibrid avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model uchta komplektatsiyada sotuvga chiqdi. Uning narxi 85,8 ming yuandan boshlanib, 102,8 ming yuangacha ($12,1–$14,5 ming) yetadi. Mashinaning CLTC siklidagi umumiy yurish zaxirasi 2050 km ga teng.

Foto: Roewe

Roewe M7 DMH Rolls-Royce sobiq bosh dizayneri Yozef Kaban ishlab chiqqan Pearl kontseptsiyasi asosida yaratilganl. U tik sharshara uslubidagi radiator panjarasi bilan jihozlangan. O‘lchamlari 4940x1890x1510 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2820 mmni tashkil etadi. Orqa yo‘lovchilar uchun tizzalar qismi 126 mm bo‘sh joyga ega. Avtomobilning og‘irligi 1670 kg, burilish radiusi esa 5,8 metrni tashkil qiladi.

Foto: Roewe

Model besh xil rangda taqdim etilgan. Eng yuqori komplektatsiya AI mCDC osma tizimi bilan jihozlangan. U yo‘lni soniyasiga 200 marta skaner qilib, 15 metr oldinda yuz beradigan notekisliklarni bashorat qiladi va avtomatik ravishda osmani moslashtiradi.

Boshlang‘ich versiya 215/55 R17 g‘ildiraklarga ega bo‘lsa, qimmatroq komplektatsiyalar 225/50 R18 shinalar bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 21 ming dollarlik Chery Fulwin X3L taqdim etilgani haqida yozgan edi.