Samsung Galaxy A17 4G savdoga chiqarildi

19-sentabr 2025 08:32 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A17 4G savdoga chiqarildi / Foto: Samsung

Germaniyada Samsung Galaxy A17 4G smartfoni savdoga chiqarildi. Bu haqda GSMArena texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Ushbu model Galaxy A17 5G‘ning biroz soddalashtirilgan varianti bo‘lib, narxi 200 yevro etib belgilandi. 6 GB tezkor xotira va 128 GB saqlash hajmiga ega versiya 5G modelidan 30 yevro arzonroq.

Foto: Samsung

Asosiy farq chipsetida — Galaxy A17 5G Exynos 1330 bilan ishlasa, A17 4G MediaTek Helio G99 platformasiga asoslangan. Qurilma 6,7 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan, uning aniqligi Full HD+, yangilanish tezligi esa 90 Hzni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soat bo‘lib, 25 Vt quvvatda tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon IP54 darajasida himoyalangan.

Foto: Samsung

Asosiy kamera uch modulga ega. 50 megapikselli asosiy sensor optik stabilizatsiya bilan, 5 megapikselli keng burchakli linza va 2 megapikselli makro obyektiv bilan jihozlangan. Qurilma Android 15 asosidagi One UI 7 bilan taqdim etildi va kompaniya unga 6 yil davomida xavfsizlik hamda Android yangilanishlarini kafolatlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekisistan nashri Redmi va Oppo yangi Turbo smartfonlarni tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek