Samsung Galaxy S26 Pro, Edge va Ultra yangi rasmlari namoyish etildi

19-sentabr 2025 18:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Pro, Edge va Ultra yangi renderlarda namoyish etildi / Foto: SammyGuru

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S26 seriyasi haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Suratlarda smartfonlar maxsus qopqoqlarda ko‘rsatilgan bo‘lib, ular magnitli simsiz quvvatlash (Qi2) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: SammyGuru
Foto: SammyGuru

Yangi tasvirlar qurilmalar dizaynidagi farqlarni ko‘rsatib berdi. Galaxy S26 Pro va S26 Ultra kameralarining chiqib turadigan bloklarida uchta modul joylashgan. Galaxy S26 Edge esa kattaroq to‘rtburchak kameraga ega bo‘lib, u ko‘rinishi jihatidan iPhone 17 Pro‘ni eslatadi.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 liniyasi 2026-yil boshida taqdim etiladi. Samsung flagmanlarida turli bozorlarda ikkita chipset qo‘llanilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A17 4G savdoga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek