Gadjetlar

Vivo Y50i smartfoni Xitoyda taqdim etildi

Vivo Y50i Xitoyda taqdim etildi / Foto: Gizmochina

Vivo kompaniyasi tomonidan Xitoy bozorida yangi Vivo Y50i smartfoni namoyish qilindi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Qurilma arzon narx, qulay ishlash va katta batareyasi bilan ajralib turadi.

Smartfon 6,74 dyuymli HD+ LCD displey bilan ta’minlangan bo‘lib, 90Hz yangilanish chastotasi, 1000 nit yorqinlik darajasi va TUV Rheinland’ning past ko‘k nurlanish sertifikatiga ega. Displey ko‘zni charchatmaydigan qorong‘i rejim va 180Hz teginish tezkorligini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ichki qismida esa MediaTek Dimensity 6300 protsessori joylashgan. U 12GB RAM va 256GB gacha xotira bilan birga ishlaydi. Qurilmaga 6000 mA/soat sig‘imli ulkan batareya o‘rnatilgan bo‘lib, u 15Vatt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa tomonda 13MP asosiy kamera, old tomonda esa 5MP kamera o‘rnatilgan. Smartfon OriginOS 5 operatsion tizimida ishlaydi va unda AI vositalar, jumladan, AI erase funksiyasi ham mavjud.

Qo‘shimcha imkoniyatlar qatorida Bluetooth 5.4, Android 15, 3,5 mm audio ulagichi va ikkita nano-SIM qo‘llab-quvvatlashi bor. Yangi model Xitoy bozorida 1 499 yuan (taxminan $210) narxda taklif etilmoqda. Bu narx 6GB + 128GB konfiguratsiyasiga tegishli. Rangi esa uch xil variantda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A17 4G savdoga chiqarilgani haqida yozgan edi.