
Xiaomi prezidenti 19-sentabr kuni Lu Veybing Pekin vaqti bilan 19:00 da jonli efir o‘tkazadi. U Xiaomi 17 haqida savollarga javob beradi. Nega Xiaomi 16 nomi o‘tkazib yuborilgani ham tushuntiriladi.
Yangi smartfonlar Xitoyda 30-sentabrda chiqishi mumkin. Rasmiy sana hali tasdiqlanmagan. Ammo kompaniya 17 Pro haqida tizerlar bera boshladi. Bu esa yaqin fursatda anons bo‘lishini anglatadi.
Uchta model kutilmoqda. Ular — Xiaomi 17, 17 Pro va 17 Pro Max. Pro modellar haqida ko‘proq ma’lumot bor. Oddiy versiya tafsilotlari kam.

Xiaomi 17 va 17 Pro’ga Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi o‘rnatilishi aytilmoqda. Unda 2 ta 4,61 GHz performance va 6 ta 3,63 GHz efficiency yadro bo‘ladi. Geekbench ballari 3 096 (single) va 9 382 (multi) ko‘rsatdi. Qurilmada 16 GB RAM va Android 16 asosidagi HyperOS 3 bo‘ladi.
Pro lineykada orqa ekran qaytadi. U Magic Back Screen deb ataladi. To‘rtburchak panel kamerani o‘rab turadi. Soat ko‘rinishlari, avatar va GIF’larni qo‘yish mumkin. Selfi vidofinderi, aqlli uy boshqaruvi va tezkor yorliqlar ham shu panelda ishlaydi.
Kamera blokida 17 Pro’da uchta 50 MP sensor kutilmoqda. Asosiy modul f/1,67 diafragma bilan bo‘ladi. Ultra-keng va 5× optik zumli telefoto f/3,0 aperturaga ega bo‘ladi. Pro Max telefoto linzasi biroz yorug‘roq — f/2,6. Optika Leica bilan hamkorlikda sozlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro Max kamerasi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.