YChL. Husanov toʻliq oʻynagan bahsda «Man Siti» «Napoli»ni magʻlub etdi, «Barselona» esa Reshfordning dubli evaziga gʻalaba qozondi va boshqa natijalar

19-sentabr 2025 02:26 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Dastlab, «Nyukasl» maydoniga safar qilgan «Barselona» 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Bellashuvda Markus Reshford dublni rasmiylashtirgan boʻlsa, Antoni Gordon mezbonlarning javob to’piga mualliflik qildi.

YChL. 1-tur
«Nyukasl» – «Barselona» 1:2
Gollar:
Gordon (90) — Reshford (58, 67)
Nyukasl – Pope, Trippier, Shar, Born, Livramento, Gimarayesh, Tonali, Joelinton, Elanga, Gordon, Barnes.
Barselona – Garsiya, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Martin, De Yong, Pedri, Rafinya, Lopes, Reshford, Levany.

Shuningdek, oʻz maydonida «Napoli»ni qabul qilgan «Manchester Siti» ham 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab, 56-daqiqada Holand hisobni ochgan boʻlsa, 65-daqiqada Doku raqib himoyasini yorib o‘tib, darvozani ishgʻol qildi. Abduqodir Husanov esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq maydonda harakat qildi.

«Man Siti» – «Napoli» 2:0
Gollar:
Holand (56), Doku (65).
Man Siti – Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O’Rayli, Rodri, Silva, Foden, Reynjers, Doku, Holand.
Napoli – Milinkovich-Savich, Di Lorenzo, Beukema, Buongiorno, Spinatsola, Lobotka, Politano, Anguissa, De Bryuyne, Maktominey, Hoylund.

«Sporting» bilan bahs olib borgan «Qayrat» esa yirik 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Qayd etish joiz, uchrashuvning birinchi boʻlimida qozog’istonliklarning 18 yoshli darvozaboni penaltini qaytardi.

«Sporting» – «Qayrat» 4:1
Gollar:
Trinkau (44, 65), Santo (66), Kenda (68) — Edmilson (86).
Sporting – Virjiniya, Fresneda, Quarejma, Inakio, Arauxo, Hyulmand, Kochorashvili, Kenda, Trinkau, Golsalves, Suares.
Qayrat – Kalmurza, Tapalov, Martinovich, Sorokin, Mata, Kasabulat, Ofri, Mrinskiy, Monteyro, Gromyko, Satpayev.

Bundan tashqari, «Ayntraxt» va «Galatasaroy» oʻrtasidagi bahs ham boʻlib oʻtdi va unda nemislar yirik 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab, turklar tezkor gol bilan hisobni ochgandi, biroq yakunda «Ayntraxt» o’ziga kelib oldi va raqib darvozasini besh bor ishgʻol etdi.

«Ayntraxt» – «Galatasaroy» 5:1
Gollar:
Sanches (37), Uzun (45+2) Singo (45+4), Burkardt (66), Knauff (75) – Akgun (8)
Ayntraxt — Zetterer, Kollins, Koch, Zeyt, Broun, Chaibi, Larsson, Doan, Uzun, Knauff, Burkardt.
Galatasaroy — Chaqir, Sallai, Singo, Sanches, Elmali, Torreyra, Lemina, Sane, Gundo’g’an, Akgun, Yilmaz.

«Bayer» Daniyada «Kopengagen» bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Leverkuzenliklar 90+1-daqiqadagi avtogol evaziga arang mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

«Kopengagen» – «Bayer» 2:2
Gollar:
Larsson (9), Robert (86) — Grimaldo (82), Hasidiakos (avtogol 90+1).
Kopengagen — Kotarski, Ueskas, Pereyra, Hasidiakos, Lopes, Larsson (Zagi, 79), Lerager, Delaney (Madsen, 55), Achouri (Robert, 79), Moukoko (Klesson, 69), Elyunussi.
Bayer — Flekken, Quansah, Bade (Echeverri, 67), Topsoba, Vaskes, Andrich Kofane, 88), Fernandes (Garsiya, 51), Grimaldo, Tillman (Maza), Seghir (Poku), Shik.
Ogohlantirishlar: Lopes (33), Hasidiakos (44), Delaney (53) — Vaskes (62), Topsoba (89).

«Monako» esa Belgiyada «Bryugge»ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi – 1:4. Qayd etish lozim, fransiyaliklar safida Fati debyut o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Bryugge» – «Monako» 4:1
Gollar:
Tresoldi (32), Onyedika (39), Vanaken (42), Diahon (75) — Fati (90+1).
Bryugge — Mignolet (Jakers, 19), Sabbe, Ordonez (Spilirs, 81), Mehele, Meyer (Seys, 61), Stankovich, Onyedika (Audur, 81), Forbs (Diahon, 61), Vanaken, Tzolis, Tresoldi.
Monako — Kohn, Vanderson, Dayer, Mavissa (Ouattara, 78), Enrike (Kehrer, 46), Bamba (Kulibali, 46), Kamara, Akliche, Minamino, Beres (Ilenihena, 63), Balogun (Fati, 63).
Ogohlantirishlar: Mignolet (10), Vanaken (67) – Mavissa (42), Kulibali (72).

Shuningdek