Gadjetlar

Alyuminiy korpusli iPhone 17 Pro osongina tirnaladi — foto

Tirnalishlar eng ko‘p qoramtir tusli modellarida kuzatilmoqda
Foto: Bloomberg

Yangi iPhone 17 Pro va iPhone Air modellarining ayrimlari allaqachon tirnalib ulgurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Consomac nashri xabar berdi.

Tirnalishlar eng ko‘p qoramtir tusli modellarida kuzatilmoqda. Xususan, iPhone 17 Pro va Pro Max’ning Deep Blue rangi, shuningdek iPhone Air’ning Space Black varianti bunga ko‘proq moyil. Hozircha bu holat qanchalik keng tarqalganligi va qurilmalardan qanday foydalanilgani noma’lum.

iPhone 17 Pro modellarida butunlay alyuminiydan tayyorlangan korpus va orqa qismida shishaga o‘xshash Ceramic Shield himoya qatlami mavjud. Avvalgi iPhone 16 Pro esa titan ramka va shisha orqa panelga ega edi.

Titan va shisha alyuminiyga qaraganda mustahkamroq, shu bois iPhone 17 Pro modellarining tirnalishga ko‘proq moyil bo‘lishi tabiiy hol.

Foto: Consomac

iPhone Air esa titan ramka va Ceramic Shield shishasimon orqa panel bilan jihozlangan, biroq uning ham Space Black rangli qoplamasida ba’zi tirnalishlar sezilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iOS 26’dagi Adaptiv quvvat rejimi qanday ishlashi haqida yozgandi.